# Havo kodeksi — 117-modda. Yoʻlovchi, qoʻl yuki yoki yuk tashish kechikkani uchun tashuvchining javobgarligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/117 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yoʻlovchi, qoʻl yuki yoki yuk tashishning kechikkani uchun tashuvchi — agar u kechikishning oldini olish uchun barcha choralarni koʻrganligini yoki bu choralarni koʻrishning iloji boʻlmaganligini isbotlab bera olmasa — javobgar boʻladi. Javobgarlik miqdori tashish qoidalariga muvofiq aniqlanadi. Oldini olish mumkin boʻlmagan holatlar yuzaga kelganida tashuvchi javobgarlikdan ozod qilinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)