Oʻzbekiston Respublikasi hududida aviatsiya ishlari ekspluatant sertifikati asosida xorijiy ekspluatantlar, shuningdek chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan bajarilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan xorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar oʻz xususiy havo kemalaridan, shu jumladan tegishli xorijiy davlatda roʻyxatdan oʻtkazilgan havo kemalaridan yoki Oʻzbekiston Respublikasining ijaraga olingan havo kemalaridan foydalanishlari mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi hududida aviatsiya ishlarini bajaruvchi xorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga nisbatan ushbu Kodeksning tegishli qoidalari tatbiq etiladi.