# Havo kodeksi — 130-modda. Xorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan aviatsiya ishlarining bajarilishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/130 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasi hududida aviatsiya ishlari ekspluatant sertifikati asosida xorijiy ekspluatantlar, shuningdek chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan bajarilishi mumkin. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan xorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar oʻz xususiy havo kemalaridan, shu jumladan tegishli xorijiy davlatda roʻyxatdan oʻtkazilgan havo kemalaridan yoki Oʻzbekiston Respublikasining ijaraga olingan havo kemalaridan foydalanishlari mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi hududida aviatsiya ishlarini bajaruvchi xorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga nisbatan ushbu Kodeksning tegishli qoidalari tatbiq etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)