# Havo kodeksi — 135-modda. Daʼvoning eskirishi va sudda koʻrilishi ehtimoli > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/135 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Aviatsiya ishlarini bajarish bilan bogʻliq daʼvolar daʼvo qilish uchun asos boʻlib xizmat qilgan voqea aniqlangan kundan eʼtiboran ikki yil ichida daʼvogar istagan joyda: javobgar joylashgan yoki u yashaydigan joydagi, aviatsiya ishlarini bajarish uchun shartnoma imzolangan vakolatxona joylashgan yerdagi, aviatsiya ishlari bajarilgan joydagi tegishli sudda qoʻzgʻatilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)