# Havo kodeksi — 18-modda. Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/18 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ruxsat olinganidan keyingina amalga oshirilishi mumkin. Bunday faoliyat ustidan nazoratni 4-moddada sanab oʻtilgan organlar amalga oshiradi. Havo kemalari parvozining xavfsizligiga tahdid soluvchi faoliyatni amalga oshirish qoidalarini buzgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar shu qoida buzishlarni oʻz hisoblaridan va oʻz kuchlari bilan bartaraf qilishlari, ular bartaraf qilingunicha esa bunday faoliyatni toʻxtatishlari shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)