# Havo kodeksi — 2-modda. Samoviy hududdan foydalanish va aviatsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/2 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanish hamda barcha undan foydalanuvchilarning faoliyati, shu jumladan aviatsiya faoliyati sohasidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeks, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalari, shuningdek tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududdan foydalanish va aviatsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)