# Havo kodeksi — 23-modda. Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiyasi tarkibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/23 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiyasi eksperimental, davlat va fuqaro aviatsiyasiga boʻlinadi. Aviatsiya va boshqa texnika sohasida tajriba-konstruktorlik, eksperimental va ilmiy-tadqiqot ishlari hamda sinovlari uchun moʻljallangan aviatsiya eksperimental aviatsiya hisoblanadi. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya tasarrufidagi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufidagi aviatsiya davlat aviatsiyasi hisoblanadi. Eksperimental va davlat aviatsiyasi tarkibiga kirmagan aviatsiya fuqaro aviatsiyasi hisoblanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)