# Havo kodeksi — 26-modda. Aerodromlar tasnifi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/26 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Quruqlikdagi yoki suv sathidagi maxsus jihozlangan, havo kemalarining kelib qoʻnishi, joʻnashi va shu sath boʻylab harakatlanishi uchun toʻliq yoki qisman moʻljallangan uchastka unda joylashgan binolar, inshootlar hamda anjomlari bilan birga aerodrom deb eʼtirof etiladi. Aerodromlar oʻzining vazifasiga qarab bazaviy, muvaqqat va zaxiradagi aerodromlarga boʻlinadi. Aerodromlar aviatsiya turiga mansubligiga koʻra fuqaro aviatsiyasi aerodromlari, davlat aviatsiyasi aerodromlari, eksperimental aviatsiya aerodromlari hamda hamkorlikda foydalanish (joylashish) aerodromlariga boʻlinadi. Aeroport – havo kemalarini qabul qilish va joʻnatishga, havo transportida tashishga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan va shu maqsadlarda aerodrom, aerovokzal, boshqa inshootlar, shuningdek zarur qurilmalarga ega boʻlgan inshootlar majmuasidir. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)