# Havo kodeksi — 3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining amal qilish doirasi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/3 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi davlat manfaatlarini himoya qilish, havo kemalari parvozi xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligi va fuqarolari ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida aviatsiya faoliyatini hamda samoviy hududdan foydalanish bilan bogʻliq boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi; faqat fuqaro aviatsiyasigagina taalluqli 24, 25, 33, 38, 43-46, 50, 53, 54, 56, 94-135-moddalardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining barcha aviatsiyasi uchun taalluqlidir. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)