# Havo kodeksi — 32-modda. Hamkorlikda foydalanish (joylashish) aerodromi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/32 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Fuqaro aviatsiyasi yoki eksperimental aviatsiyaning havo kemalari joylashish huquqisiz parvozlarni amalga oshiradigan davlat aviatsiyasi aerodromi hamkorlikda foydalanish aerodromi deb eʼtirof etiladi. Turli idoralar tasarrufida boʻlgan havo kemalari joylashadigan fuqaro aviatsiyasi, davlat aviatsiyasi yoki eksperimental aviatsiya aerodromi hamkorlikda joylashish aerodromi deb eʼtirof etiladi. Aerodromlardan samoviy hududdan foydalanuvchilarning turli toifalari hamkorlikda foydalanishi (joylashishi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)