# Havo kodeksi — 36-modda. Havo kemalari ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/36 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarning sertifikatlangan turlarini koʻplab ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarni ishlab chiqarishga hamda havo kemalarini ishlab chiqarishni sertifikatlashtirishga doir belgilangan talablar asosida ish olib boradi. Havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarni ishlab chiqarishga doir talablarni ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish xalqaro standartlar va tavsiyalarni hisobga olgan holda Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)