# Havo kodeksi — 38-modda. Havo kemasi turining sertifikati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/38 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Havo kemasi turining sertifikati havo kemasi turining tuzilishini belgilaydigan va uning fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqlilik normalariga muvofiqligini tasdiqlaydigan Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasi tomonidan beriladigan hujjatdir. Havo kemasi turining xorijiy davlat tomonidan berilgan sertifikati, basharti havo kemasi fuqaro havo kemalarining Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan belgilangan uchishga yaroqlilik normalariga muvofiq boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʼtirof etilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)