# Havo kodeksi — 4-modda. Samoviy hududdan foydalanish va aviatsiya faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorati > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/4 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Samoviy hududdan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq samoviy hududdan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazoratini olib borish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklanadi. Fuqaro va eksperimental aviatsiya faoliyati sohasidagi boshqaruv va nazoratni Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya maʼmuriyati amalga oshiradi. Davlat aviatsiyasi faoliyati sohasidagi boshqaruv va nazoratni oʻz vakolatlari doirasida Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq davlat boshqaruvining boshqa organlari amalga oshiradilar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)