# Havo kodeksi — 46-modda. Ekspluatant faoliyati ustidan nazorat > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/46 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ekspluatant sertifikatini bergan organ ekspluatant uchun belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan nazorat yuritadi. Ekspluatant sertifikatini berish uchun belgilangan talablar havo kemasi ekspluatanti tomonidan buzilgan taqdirda, sertifikat bergan organ ekspluatantni belgilangan muddatlarda kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi haqida ogohlantirishga haqli. Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati Oʻzbekistonda doimiy parvozlarni amalga oshiruvchi chet ellik ekspluatantlarni, agar xalqaro bitimlarda oʻzgacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, amaliy inspeksiya qilish huquqiga ega. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)