# Havo kodeksi — 48-modda. Aviatsiya xodimlarining tarkibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/48 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Aviatsiya xodimlari tarkibiga: a) uchuvchilar tarkibiga kiruvchi shaxslar; b) havo transporti qatnovini tashkil qiluvchi va taʼminlovchi shaxslar; v) havo kemasi parvozlarini tashkil etuvchi shaxslar; g) havo kemalariga texnikaviy xizmat koʻrsatuvchi shaxslar; d) havo kemalarining parvozlarini taʼminlovchi shaxslar; Fuqaro, davlat va eksperimental aviatsiya xodimlari qatoriga kiruvchi shaxslar lavozimlarining roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)