# Havo kodeksi — 53-1-modda. Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga beriladigan kafolatlar va imtiyozlar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/53-1 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Fuqaro aviatsiyasi korxonalari aviatsiya xodimlarining alohida toifalarini ular xizmat vazifalarini bajarayotganda belgilangan namunadagi formali kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi. Fuqaro aviatsiyasi korxonalari aviatsiya xodimlariga foydalanilayotgan havo kemalarida imtiyozli tarzda yurish huquqini berishi mumkin. Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga ushbu moddaga koʻra beriladigan va mehnatga haq toʻlash toʻgʻrisidagi tarmoq bitimlarida belgilangan kafolatlar va imtiyozlar fuqaro aviatsiyasi korxonalarining mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi hamda jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)