# Havo kodeksi — 59-modda. Aloqa vositalaridan foydalanish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/59 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Havo transporti qatnovini taʼminlash va unga xizmat koʻrsatish uchun telefon, telegraf va boshqa aloqa vositalaridan navbatsiz, oddiy tarif boʻyicha haq toʻlab foydalaniladi. Havo transporti qatnovini taʼminlash va unga xizmat koʻrsatish uchun ommaviy aloqa vositalaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Aviatsiya maʼmuriyatining, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning tegishli organlari bilan kelishuv asosida belgilanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)