# Havo kodeksi — 63-modda. Kema hujjatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/63 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Parvozni bajarish uchun havo kemasida kema hujjatlari boʻlmogʻi lozim; bu hujjatlarning roʻyxati fuqaro va eksperimental aviatsiya uchun Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan, davlat aviatsiyasi uchun esa Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan havo kemalarida quyidagi hujjatlar: a) havo kemasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida guvohnoma; b) havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati; v) kema daftarlari; g) mazkur turdagi havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanma; d) Aviatsiya maʼmuriyati nazarda tutgan boshqa hujjatlar boʻlishi lozim. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)