# Havo kodeksi — 69-modda. Havo kemasi ekipajining xatti- harakatiga aralashmaslik > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/69 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Havo kemasi ichidagi shaxslarga, shu jumladan havo kemasiga egalik qiluvchi shaxslarga ham, havo kemasi ekipajining xatti-harakatiga aralashish, jumladan ekipajdan parvoz tartibi va rejasini oʻzgartirishni yoxud havo transportiga xizmat koʻrsatuvchi organning koʻrsatmalariga rioya qilmaslikni talab qilish man etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)