# Havo kodeksi — 72-modda. Xavf ostida qolgan odamlarga yordam berish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/72 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Xavf ostida qolgan odamlar haqida har qanday maʼlumot olgan havo kemasining komandiri bu haqda havo transporti qatnovini taʼminlovchi organga yoxud boshqa vakolatli organga xabar bermogʻi va agar mazkur kema parvozi, yoʻlovchilari va ekipaj hayoti uchun xatar tugʻilmasa, ularga zarur yordam koʻrsatmogʻi shart. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)