# Havo kodeksi — 78-modda. Havo kemalarining xalqaro parvozlarni bajarishlari uchun qoʻllaniladigan pasport, bojxona qoidalari va boshqa qoidalar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/78 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kelayotgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ketayotgan yoki tranzit havo kemalarining barchasiga, ularning ekipajlari va yoʻlovchilariga, shuningdek ular Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirayotgan yoki bu hududdan olib chiqayotgan mol-mulklariga Oʻzbekiston Respublikasining chetga chiqish va chetdan kelish hamda mol-mulk olib kirish (olib ketish) va Oʻzbekiston Respublikasi hududida tranzit harakati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan pasport, bojxona, valyuta, sanitariya, karantin qoidalari va boshqa qoidalar tatbiq etiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)