# Havo kodeksi — 84-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi qidiruv va qutqaruv ishlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/84 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida halokatga uchrayotgan yoki uchragan Oʻzbekiston Respublikasi havo kemalarini qidiruv va qutqaruv ishlari mazkur Kodeks talablari hisobga olinib, hududida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilayotgan davlatda bunday ishlarni bajarish qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro bitimlariga muvofiq amalga oshiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)