# Havo kodeksi — 90-modda. Aviatsiya halokati (baxtsiz hodisa)ni tekshirish bilan bogʻliq ishlarni mablagʻ bilan taʼminlash va xarajatlarni qoplash tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/90 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Aviatsiya halokati (baxtsiz hodisa) roʻy bergan joyda oʻtkaziladigan tekshiruv bilan bogʻliq barcha ishlarni havo kemasining ekspluatanti mablagʻ bilan taʼminlaydi. Ilmiy tekshirish va konstruktorlik muassasalari, tashkilotlari, taʼmirlov va sanoat korxonalari amalga oshirayotgan aviatsiya halokati (baxtsiz hodisa)ni tekshirish bilan bogʻliq tadqiqot va sinov ishlari ana shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan mablagʻ bilan taʼminlanib, keyinchalik bu xarajatlar havo kemasining ekspluatanti tomonidan qoplanadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)