# Havo kodeksi — 91-modda. Aviatsiyani gʻayriqonuniy aralashuvlardan himoya qilishning chora-tadbirlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/HK/91 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Havo kemalari, yoʻlovchilar, yuk va pochta qabul qilish, joʻnatish yoki ularga xizmat koʻrsatishni amalga oshirayotgan havo kemalarining ekspluatantlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar aviatsiyani gʻayriqonuniy aralashuvidan himoya qilish chora-tadbirlarini koʻrishlari kerak. Bunday chora-tadbirlar: a) begona shaxslar va transportning aerodromlarning nazorat ostidagi tegrasiga nazoratsiz kirishlarining oldini olish; b) yoʻlovchilar tomonidan qurollar, oʻq-dorilar, portlovchi, zaharli, tez alangalanuvchi moddalar va havo transportida olib yurish taqiqlangan boshqa predmetlarning yashirincha havo kemasiga olib kirilishiga yoʻl qoʻymaslik; v) qurol va oʻq-dorilarni olib uchishda ularni havo kemalarining yoʻlovchilardan ajratilgan boʻlmalarida, yuk orasida oʻqsiz holda joylashtirishni taʼminlaydigan alohida choralar koʻrish; g) havo kemalari turgan joylarda ularga xizmat koʻrsatishga aloqasi yoʻq shaxslarning kirib olishiga yoʻl qoʻymay qoʻriqlash; d) havo kemalarini maxsus tekshiruvdan oʻtkazish; e) havo kemalarini parvoz davomida ekipajning xavfsiz faoliyatini taʼminlaydigan, shuningdek samoviy hududidan beruxsat foydalanishning oldini oladigan texnikaviy vositalar bilan taʼminlash; j) havo kemalari va obyektlariga nisbatan gʻayriqonuniy aralashuvning oldini olish uchun maxsus ishlab chiqilgan tadbirlarni (usullarni) qoʻllashdan iboratdir. Bunday chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan qoidalarga muvofiq qoʻllaniladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/HK)