IHQ · 2-modda

2-modda. Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik

Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonundan va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.

Qonunchilik hujjatlari ushbu Qonunda belgilangan isteʼmolchilarning huquqlarini cheklab qoʻyishi, ularni himoya qilishning kafolatlarini kamaytirishi mumkin emas.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.