Isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishi uchun mahalliy hokimiyat organlari:
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik bajarilishini tashkil etadilar;
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish vakolati berilgan davlat organlari va isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qiladilar;
isteʼmolchilarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini koʻrib chiqadilar;
oʻz huquqlari doirasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.