# Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida (qonun) — 24-modda. Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan isteʼmolchilar huquqlarining himoya qilinishi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IHQ/24 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishi uchun mahalliy hokimiyat organlari: isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik bajarilishini tashkil etadilar; isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish vakolati berilgan davlat organlari va isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qiladilar; isteʼmolchilarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini koʻrib chiqadilar; oʻz huquqlari doirasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IHQ)