# Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida (qonun) — 29-modda. Isteʼmolchilarning huquqlarini sud orqali himoya qilish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IHQ/29 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Isteʼmolchining huquqlari buzilgan taqdirda, u sudga murojaat qilishga haqlidir. Daʼvolar, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, javobgar, isteʼmolchi joylashgan yerdagi yoki zarar yetkazilgan joydagi sudga taqdim etiladi. Isteʼmolchilar oʻz huquqlarining buzilishi bilan bogʻliq daʼvolar boʻyicha, shuningdek, tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz boʻlishi ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlari, isteʼmolchilarning jamoat birlashmalari isteʼmolchining (isteʼmolchilar nomuayyan doirasining) manfaatlarini koʻzlab qoʻzgʻatiladigan daʼvolar boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod qilinadilar. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IHQ)