# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 102-modda. Sudning ish yuritishni toʻxtatib turish huquqi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/102 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishga haqli: 1) sud tomonidan ekspertiza tayinlanganda; 2) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan yuridik shaxs qayta tashkil etilganda; 3) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlgan fuqaro davlat majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda; 4) chet davlatlar sudlariga nizoni mazmunan hal etish uchun alohida protsessual harakatlarni amalga oshirish haqidagi sud topshiriqlari belgilangan tartibda yuborilganda. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)