# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 104-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turishning huquqiy oqibatlari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/104 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ish yuritish toʻxtatilgan taqdirda, ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan yoxud sud tomonidan belgilangan muddatlarning oʻtishi toʻxtatib turiladi. Ish yuritish tiklanguniga qadar sud biror-bir protsessual harakatni amalga oshirishga haqli emas, bundan daʼvoni va dalillarni taʼminlashga qaratilgan harakatlar mustasno. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)