# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 108-modda. Daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish tartibi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/108 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi. Sud ajrimida ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi, davlat bojini budjetdan qaytarish haqidagi masalalar hal qilinishi mumkin. Ajrimning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi. Daʼvo arizasini koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)