# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 122-modda. Protsessual muddatlarni toʻxtatib turish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/122 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ish yuritish toʻxtatib turilishi bilan barcha oʻtib ketmagan protsessual muddatlarning oʻtishi toʻxtatib turiladi. Ish yuritish tiklangan kundan eʼtiboran protsessual muddatlarning oʻtishi davom etadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)