# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 125-modda. Sud jarimalarini solish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/125 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud jarimalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan solinadi. Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha, yuridik shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda sud jarimasi solinadi. Sud tomonidan davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va boshqa organlarning, tashkilotlarning mansabdor shaxslariga solingan sud jarimalari ularning shaxsiy mablagʻlaridan undiriladi. Sud jarimalari respublika budjeti daromadiga undiriladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)