# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 134-modda. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/134 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud kelishuv bitimini tasdiqlashni quyidagi hollarda rad etadi, agar: 1) uning shartlari qonunchilikka zid boʻlsa; 2) uning shartlari uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor boʻlsa; 3) u shart asosida tuzilgan boʻlsa. Kelishuv bitimini tasdiqlashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)