# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 135-modda. Sud buyrugʻi berish boʻyicha talablar > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/135 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud buyrugʻi sudya tomonidan quyidagi hollarda yakka tartibda beriladi, agar: 1) soliq qarzini undirishni yuridik shaxslarning va fuqarolarning mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisida talab bildirilgan boʻlsa; 2) kommunal xizmatlar va aloqa xizmatlari toʻlovi boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisida tasdiqlovchi hujjatlarga asoslangan talab bildirilgan boʻlsa; 3) hujjatlar asosida tan olingan debitorlik qarzini undirish toʻgʻrisida talab bildirilgan boʻlsa; 4) talab toʻlanmagan, akseptlanmagan va akseptga sana qoʻyilmagan veksel notarius tomonidan protest qilinishiga asoslangan boʻlsa; 5) yozma bitim mavjud boʻlgan taqdirda, undiruvni qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti boʻlgan mol-mulkka qaratish toʻgʻrisida talab bildirilgan boʻlsa. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)