# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 145-modda. Sud buyrugʻining mazmuni > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/145 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud buyrugʻida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak: 1) sudning nomi, joylashgan yeri va buyruq berilgan sana; 2) ishning raqami, sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari, talab nima haqdaligi; 3) kreditorning, qarzdorning nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi), ularning joylashgan yeri (pochta manzili) yoki yashash joyi, jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan jismoniy shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq toʻlovchi identifikatsiya raqami; 4) undirilishi lozim boʻlgan pul summalarining miqdori yoki undiruv qaratilayotgan, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining taʼminoti sifatida turgan koʻchar mol-mulk, uning tavsifi va bahosi; 5) undirilayotgan qarz hosil boʻlgan davr; 6) neustoyka, agar u toʻlanishi lozim boʻlsa va qarzdor tomonidan tan olingan boʻlsa; 7) undirilishi lozim boʻlgan davlat bojining va pochta xarajatlarining summasi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)