# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 148-modda. Ish qoʻzgʻatish asoslari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/148 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud: 1) manfaatdor shaxslarning arizalari boʻyicha; 2) prokurorning arizasi boʻyicha; 3) davlat organlari va boshqa shaxslar yuridik shaxslar va fuqarolarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish maqsadida qonun boʻyicha sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan hollarda, shu davlat organlarining va boshqa shaxslarning arizalari boʻyicha ish qoʻzgʻatadi. Agar qonunda muayyan toifadagi nizolar uchun sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, faqat taraflar oʻzaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini koʻrganlaridan keyingina sudda ish qoʻzgʻatilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)