# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 15-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/15 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari barcha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa organlar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir hamda ushbu hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi lozim. Sud hujjatlarini bajarmaslik ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)