# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 150-modda. Daʼvo arizasining va unga ilova qilinadigan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini yuborish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/150 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Daʼvogar daʼvo taqdim etganda javobgarga va uchinchi shaxslarga daʼvo arizasining va unga ilova qilingan, ushbu shaxslarda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalarini yuborishi shart. Daʼvo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari javobgarga hamda uchinchi shaxslarga axborot tizimi orqali elektron tarzda yuborilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)