# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 156-modda. Daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/156 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ishda ishtirok etuvchi shaxs daʼvo arizasi yuzasidan daʼvoga qarshi eʼtirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yozma fikrining hamda ularda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni ish koʻriladigan kungacha yetib borishini taʼminlaydigan muddatda, ishni sud muhokamasiga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran yigirma kundan kechiktirmay sudga yuborishga haqli. Daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikrda ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining pochta manzili, telefonlari, fakslari raqamlari, elektron manzili (agar ular mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi. Daʼvo arizasi boʻyicha yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ish yuritishga doir vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)