# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 160-modda. Qarshi daʼvoni taqdim etish huquqi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/160 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar javobgar dastlabki daʼvo bilan birga koʻrib chiqish uchun qarshi daʼvo taqdim etishga haqli. Qarshi daʼvo quyidagi hollarda taqdim etilishi mumkin, agar: 1) qarshi talab dastlabki talabni hisobga olishga qaratilgan boʻlsa; 2) qarshi daʼvoni qanoatlantirish dastlabki daʼvoni toʻliq yoki qisman qanoatlantirishni istisno qilsa; 3) qarshi daʼvo bilan dastlabki daʼvo oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik boʻlib, ularni birgalikda koʻrib chiqish nizoni oʻz vaqtida va toʻgʻri hal etishga olib kelsa. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)