# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 174-modda. Dalillarni tekshirishni tiklash > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/174 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Agar sud muzokaralari vaqtida yoki ulardan keyin sud qoʻshimcha holatlarni aniqlash yoki yangi dalillarni tekshirish zarur deb tan olsa, u dalillarni tekshirishni tiklaydi, bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi. Dalillarni qoʻshimcha tekshirish tugaganidan keyin sud muzokaralari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda oʻtkaziladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)