# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 188-modda. Hal qiluv qarorining koʻchirma nusxalarini yuborish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/188 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Hal qiluv qarorining koʻchirma nusxalarini sud topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hal qiluv qarori eʼlon qilingan kundan eʼtiboran besh kundan kechiktirmasdan yuboradi yoki tilxat olib topshiradi, ushbu shaxslarning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa hal qiluv qarori elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, sud hal qiluv qarorining koʻchirma nusxalarini boshqa shaxslarga ham yuboradi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)