# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 197-modda. Ajrimning koʻchirma nusxalarini yuborish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/197 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Sud alohida sud hujjati tarzida ajrim chiqargan taqdirda, ajrim chiqarilganidan keyin besh kunlik muddatda uning koʻchirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor boʻlgan boshqa shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud boʻlgan taqdirda esa ajrim elektron tarzida yuborilishi mumkin. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)