# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 2-modda. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish vazifalari > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/2 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Iqtisodiy sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat: iqtisodiyot sohasida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (bundan buyon matnda yuridik shaxs deb yuritiladi) va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish; iqtisodiyot sohasida qonuniylikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga koʻmaklashish; qonunga va sudga nisbatan hurmatda boʻlish munosabatini shakllantirish. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)