IPK · 203-7-modda

203-7-modda. Daʼvo arizasining mazmuni

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.

Ushbu Kodeksning 149 va 203-8-moddalarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq daʼvogarga qaytariladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.