# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 203-7-modda. Daʼvo arizasining mazmuni > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/203-7 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida boʻlgan yer uchastkasini qaytarish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak. Ushbu Kodeksning 149 va 203-8-moddalarida nazarda tutilgan talablarni buzgan holda berilgan daʼvo arizasi ushbu Kodeksning 155-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq daʼvogarga qaytariladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)