# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 204-modda. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/204 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar ushbu Kodeksda belgilangan daʼvo ishini yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha, mazkur bobda nazarda tutilgan xususiyatlar eʼtiborga olingan holda sud tomonidan koʻrib chiqiladi. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish ushbu Kodeksning 206-moddasida koʻrsatilgan manfaatdor shaxslarning arizalari asosida qoʻzgʻatiladi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)