# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 207-modda. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi arizaning shakli va mazmuni > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/207 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq boʻlishi kerak. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi arizada quyidagilar ham koʻrsatilgan boʻlishi kerak: 1) aniqlanishi talab qilinayotgan fakt; 2) mazkur fakt iqtisodiyot sohasida yuridik oqibatlar keltirib chiqarishi nazarda tutilgan qonunchilik hujjati normalari; 3) ushbu faktni aniqlash zarurligining asosi; 4) arizachi tomonidan tegishli hujjatlarni olish yoki yoʻqotilgan hujjatlarni tiklash imkoni yoʻqligini tasdiqlovchi dalillar. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi arizaga ushbu Kodeksning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)