# Iqtisodiy protsessual kodeksi — 211-modda. Toʻlovga qobiliyatsizlik haqida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etish huquqi > HuquqTech · https://huquqtech.uz/qonun/IPK/211 > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunga muvofiq qarzdor, kreditorlar va boshqa manfaatdor shaxslar toʻlovga qobiliyatsizlik haqida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Arizaga toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunda nazarda tutilgan hujjatlar ilova qilinadi. [Barcha moddalar](https://huquqtech.uz/qonun/IPK)